Virtual qabulxona

Jurnalistik surishtiruv o'tkazishni va uni amalga oshirish uchun stipendiya olishni istaysizmi?

Asosiy yangiliklar 717 marta körilgan

Unda ushbu trening aynan siz uchun!

Joriy yilning 15-18 sentabr kunlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yoritib kelayotgan yoki ushbu yo‘nalishga qiziquvchi jurnalist va blogerlar, shuningdek, jurnalistika yo‘nalishi talabalari uchun maxsus onlayn trening o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar: O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi va Riga oliy huquqshunoslik maktabi.

Nimalarga ega bo‘lasiz:

  • O'z loyihangiz uchun stipendiya va mentor ko‘magi;
  • Surishtiruv o'tkazish uchun amaliy bilimlar va vositalar;
  • Xalqaro ekspertlar bilan muloqot.

Treningda ishtirok etish uchun 11 - sentabr kuni soat 23:59 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar