Jurnalistik surishtiruvga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha trening
Jurnalistik surishtiruv bo'yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan treningga taklif qilamiz!
Joriy yilning 22-23 avgust kunlari Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yoritib kelayotgan yoki ushbu yo‘nalishga qiziquvchi jurnalist va blogerlar, shuningdek, jurnalistika yo‘nalishi talabalari uchun maxsus trening o‘tkaziladi.
Tashkilotchilar: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi
Trening doirasida mahalliy va xalqaro media-trenerlar tomonidan quyidagi asosiy mavzular bo‘yicha bilim va tavsiyalar beriladi:
▫️korrupsiya xavfini kamaytirishda jurnalistik surishtiruvlarning roli;
▫️jurnalistlarni himoya qilishning qonuniy kafolatlari va xalqaro tajriba;
▫️korrupsiyaga oid mavzularni yoritishda gender tarafkashlikni farqlay olish;
▫️korrupsiyaga oid jurnalistik surishtiruvlarda data-jurnalistika vositalarini qo‘llash va boshqalar.
🗣 Trening o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
📌 Hududlardan kelgan ishtirokchilarning transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
📝 Treningda ishtirok etish uchun 15-avgust kuni soat 23:59 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
✅ Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar aniq mezonlar asosida tanlab olinadi.
Treningda ishtirok etish talablari va boshqa qo'shimcha ma'lumotlar bilan batafsil bu yerda tanishing.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati