Virtual qabulxona

Özbekistonlik OAV vakillari Latviyada korrupsiyaga qarşi kuraşişda suriştiruv jurnalistikasi böyiça tajriba almaşmoqda

Asosiy yangiliklar 344 marta körilgan

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi joriy yilda Boltiqböyi OAVni rivojlantiriş markazi va Riga oliy huquqşunoslik maktabi bilan hamkorlikda jurnalist, blogerlar uçun korrupsiyaga qarşi kuraşişda suriştiruv jurnalistikasi böyiça maxsus treninglar va mentorlik dasturini yölga qöydi.

Dastur doirasida eng yaxşi jurnalistik suriştiruv loyihalari mualliflariga öz loyihalarini amalga oşiriş uçun maxsus stipendiyalar ajratilib, mentorlik kömagi körsatildi. Saralaş natijalariga köra, 9 nafar OAV vakili uşbu imkoniyatni qölga kiritdi.

Ayni kunlarda dastur ğoliblari Riga şahrida bölib, Latviyaning yetakçi media taşkilotlari, suriştiruv jurnalistikasi mutaxassislari hamda davlat muassasalarining jamoatçilik va OAV bilan aloqalar böyiça vakillari bilan uçraşmoqda.

Maqsad korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida jurnalistik suriştiruv olib boriş böyiça ilğor tajriba almaşiş va kasbiy aloqalarni rivojlantirişdan iborat.

Taşrif "Özbekistonda boşqaruvni takomillaştiriş — korrupsiyaning inklyuziv oldini oliş" loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda. Loyiha Yevropa Ittifoqi hamda Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalaştiriladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar