Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbar va xodimlari attestatsiyadan o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–147-son qarori asosida 2026-yil 21-sentabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbar va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish boshlanadi.
Attestatsiyadan o‘tkazishdan asosiy maqsad – komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbar va xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni bilishi, shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini samarali amalga oshirishga tayyorgarlik darajasini baholashdan iborat.
Attestatsiya ishtirokchilarining tayyorgarlik ko‘rishi, shuningdek, attestatsiya jarayonining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida quyidagi materiallar e’lon qilinmoqda:
| Nomi | Yuklab olish |
|---|---|
| Attestatsiya test savollarining taxminiy ro‘yxati;DOC | Yuklab olish: Attestatsiya test savollarining taxminiy ro‘yxati;, DOC |
| Attestatsiya suhbat savollarining taxminiy ro‘yxati;DOC | Yuklab olish: Attestatsiya suhbat savollarining taxminiy ro‘yxati;, DOC |
| Attestatsiya komissiyasi ish reglamenti.DOCX | Yuklab olish: Attestatsiya komissiyasi ish reglamenti., DOCX |
Mazkur materiallar attestatsiya ishtirokchilarining tayyorgarlik ko‘rishi uchun tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, attestatsiya jarayoni va uni o‘tkazish tartibi bilan oldindan tanishish imkonini beradi.
Attestatsiya test va suhbat bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Test sinovlari orqali ishtirokchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini tashkil etish va boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlari baholanadi.
Suhbat jarayonida esa ishtirokchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, kasbiy yondashuvi, amaliy vaziyatlarni tahlil qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish qobiliyatlariga baho berilishi nazarda tutiladi.
Attestatsiya test va subat savollarining namunaviy ro‘yxati hamda Attestatsiya komissiyasi ish reglamenti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Eslatma: e’lon qilingan test va suhbat savollarining namunaviy ro‘yxati attestatsiya jarayonida beriladigan savollarning aynan o‘zi bo‘lishini anglatmaydi va namunaviy xususiyatga ega.
Attestatsiya jarayonida savollarning mazmuni, shakli va bayon etilishi o‘zgarishi mumkin.
Attestatsiya jarayoni belgilangan tartibda, qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Attestatsiyani o‘tkazishning aniq sanasi, vaqti, joyi va ishtirokchilarga oid tashkiliy ma’lumotlar belgilangan tartibda qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.