Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2026 yilning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “favqulodda holat” yili deb eʼlon qilinishi doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida:

— komplayens sohasidagi mutaxassislar uchun kasbiy standartlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda;

— ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, ularning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalarini kelishish tartibini belgilovchi yangi tahrirdagi Namunaviy nizom tasdiqlandi;

— yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholashga qaratilgan Yo‘riqnomada  komplayens-nazorat tuzilmalari ishtirokini nazarda tutuvchi tartib-qoidalar belgilandi; 

— shuningdek, Prezident Farmoni bilan davlat xizmatchisi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida amalga oshirilgan muloqotning asosli yoki asossiz ekaniga baho berish vakolati ham korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari zimmasiga yuklatildi;

— korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari har uch yilda bir marotaba Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ikki bosqichda —test sinovi va suhbat shaklida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga uch yil muddatga amal qiluvchi guvohnoma beriladi.

Ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasi orqali malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Ichki nazorat bo‘linmalariga birinchi marta tayinlangan xodimlar majburiy tartibda stajirovkadan o‘tadi. Stajirovka muddati ikki hafta etib belgilangan bo‘lib, undan ozod etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakunda stajyor hisobot topshiradi hamda suhbat asosida uning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari baholanadi.

Shu kunlarda yana bir muhim hujjat  — davlat organida yoki boshqa tashkilotda o‘zi bilan mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo‘shatilgan xodimni o‘zi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasini olish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi - davlat tashkilotlarida ishlagan masʼul xodimlarning xizmatdan ketganidan keyin o‘zi bevosita yoki bilvosita nazorat qilgan yoki qarorlari orqali taʼsir ko‘rsatgan tashkilotlarga qisqa muddat ichida ishga o‘tishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishdan iborat.

Loyiha yuzasidan jamoatchilik muhokamasi 25-may sanasiga qadar davom etadi.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda ichki nazorat tuzilmalari faoliyati aniq va amaliy natijalar bilan o‘zining muhim ahamiyatini namoyon etmoqda. Xususan, joriy yilda ular tomonidan o‘tkazilgan 11 953 ta o‘rganish, monitoring va nazorat tadbirlarida 969,5 mlrd so‘m moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda 150,1 mlrd so‘m mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi oldi olindi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari va nazorat organlaridan kelgan xatlar asosida 871 ta va ichki nazorat tuzilmalari tashabbusi bilan 843 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi. Ushbu tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, xodimlarga nisbatan 154 ta jinoyat, 14 ta maʼmuriy, 323 ta intizomiy jazolar qo‘llanilgan,  67 ta holatda mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Ichki nazorat tuzilmalarining o‘z tashabbusi bilan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasida esa xodimlarga nisbatan 31 ta jinoyat, 9 ta maʼmuriy, 311 ta intizomiy jazolar qo‘llanilgan,  1 201 ta holatda mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Huquqiy eksperiment tartibida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan Sog‘liqni saqlash, Suv xo‘jaligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari, shuningdek, “O‘zsuvtaʼminot” va “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari tomonidan ham samarali ish olib borildi.

Jumladan, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida ichki nazorat bo‘limlari xodimlari tomonidan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan 17 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 24 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, jumladan 6 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, 7,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berish uchun yuborildi.

46 ta nazorat va monitoring tadbirlari natijasida:

-       20 ta korrupsiyaviy omillar aniqlanib, bartaraf etildi;

-       44,4 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi;

-       140,1 mlrd so‘m byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi oldi olindi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida 17 ta qonunbuzilish holati aniqlandi, shundan 2 ta holatda 2,9 mlrd so‘mlik shartnomalarda manfaatlar to‘qnashuvi hamda affillanganlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi sababli g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalar bekor qilinishi taʼminlandi.

Shuningdek, vazirlikning “Vaziyatlar markazi”da byudjet mablag‘larining sarflanishi yuzasidan olib borilgan masofaviy nazorat tadbirlari natijasida 17 ta yo‘nalish bo‘yicha 7 743 ta holatda jami 107,6 mlrd so‘mlik risklar aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 5 084 ta holatda 16,1 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanishining oldi olindi.

16 nafar xodimning 20 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi va rahbar sifatida faoliyat yuritib kelayotgan holati belgilangan tartibda bartaraf etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda 290 ta o‘rganish o‘tkazilib, 199 ta korrupsiyaviy omillar va qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Jumladan, ilk marotaba respublika miqyosida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi holati o‘rganilib, moliyalashtirilgan mablag‘larni o‘zlashtirish jarayonida 30 dan ortiq qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘yilgani hamda 46,9 mlrd so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanganligi aniqlandi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarini dori vositalari bilan taʼminlash holati, xaridlar tizimi hamda ichki dorixonalar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra 26 ta qonunbuzilishi holati aniqlandi.

Ilk marotaba vazirlik tizimidagi yer maydonlari va ko‘chmas mulk obyektlari o‘rganilib, qonunbuzilishi holatlari va  korrupsiyaning oldini olishga qartilgan raqamli nazorat tizimini joriy etish ishlari boshlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 47 mlrd so‘mlik moliyaviy zarar aniqlanib, shundan, 8,2 mlrd so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishi oldi olindi, 1,7 mlrd so‘m zarar esa undirildi.

115 ta xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, korrupsiyani oldini olish bo‘yicha yetarli darajada namuna ko‘rsatmagan 42 nafar mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi, 118 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 1 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 12 nafar shaxsga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ilk marotaba vazirlik tizimidagi tashkilotlar, xususan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Xaridlar markazida “ISO 37001:2025 — Anti-bribery management systems” xalqaro standarti joriy etildi. Ushbu standart tibbiyot sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida birinchilardan bo‘lib joriy etilgani alohida eʼtirofga molikdir. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan 18 ta, hududiy va tizim tashkilotlari tomonidan esa jami 79 ta monitoring va o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 5 ta holatda  shundan 2 ta holatda (Navoiy issiqlik taʼminoti MCHJ va Farg‘ona issiqlik taʼminoti MCHJ) aniqlangan zarar miqdori jami 8,272 mln so‘mlik, qolgan 3 tasi esa normativ huquqiy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Shuningdek, 12 ta o‘rganish natijalariga ko‘ra xizmat tekshiruvlari tayinlanib, 13 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. 5 ta holat bo‘yicha xizmat tekshiruvlari tayinlanib, natijalari yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Shu bilan birga, 2 ta holat bo‘yicha tuman hokimliklariga tegishli taqdimnomalar kiritildi, 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 2 nafar xodim esa maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Vazirlik tizimida jami 46 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, ularning natijasiga ko‘ra 18 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 1 nafar xodimga nisbatan esa maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tizimda jami 35 nafar xodim bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlar aniqlanib, bugungi kunda barcha holatlar bartaraf etildi.

Shuningdek, inson omilini cheklash va korrupsiyani minimallashtirish borasida “Shaffof qurilish” tizimida 24 ta platforma yaratilib, 20 dan ortiq tashkilotlarning axborot-dasturiy bazalariga integratsiya qilingan.

Elekron reyting tizimi ishga tushirilgandan keyin korxonalarning aylanma mablag‘lari 190 trln so‘mga, maxsus texnikalar soni 42,956 mingtaga va band bo‘lgan aholi soni 547,888 mingtaga yetgan. Joriy yilda tizim orqali jami qiymati 9,42 trln. so‘mlik 7 833 ta tenderlar o‘tkazilgan, shundan 8,94 trln so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, natijada 480,0 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.

“O‘zsuvtaʼminot” AJning komplayens nazorat boshqarmasi hamda hududiy tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan 94 ta o‘rganish davomida 2000 dan oortiq holatda korrupsiyaviy omillar barvaqt aniqlanib, ular natijasida jami 15,0 mlrd so‘mlik xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

Aholi va yuridik isteʼmolchilardan to‘plangan to‘lovlarning bank hisob raqamiga topshirilmaganligi bo‘yicha 1200 ta holatda 1,9 mlrd so‘mlik tafovut aniqlanib, ushbu tafovutlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga 10 ta holatda 481 mln so‘mlik ish haqi noto‘g‘ri hisoblangani aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

17 ta holatda kirimga olinmagan 76,3 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qaytarildi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosiga oid o‘rganishlarda tovar-moddiy boyliklar xaridi bilan bog‘liq 825 ta shartnoma hujjati tahlil qilindi. Natijada 27 ta holatda 3,7 mlrd so‘mlik shartnomalardagi kamchiliklar bartaraf etilib, 1,39 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.

Shu bilan birga, 72 ta holat bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik xato va kamchiliklarning oldi olindi. Bundan tashqari, 6 ta manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlanib, ularning 5 tasi belgilangan tartibda bartaraf etildi, 1 tasi esa Odob-axloq komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

O‘tkazilgan 94 ta xizmat tekshiruvi natijasida aniqlangan kamchilik va xatolar yuzasidan tizimdagi 12 nafar xodimga nisbatan hayfsan, 5 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, 23 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 28 ta holat bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ komlayens nazorat tuzilmasi tomonidan hisobot davrida jami 448,1 mlrd so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan 38 nafar masʼul xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 7 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etilib, boshqa lavozimga o‘tkazildi.

Shuningdek, xarid jarayonlarini monitoring qilish doirasida markaziy apparat tomonidan 126 ta bayonnoma, shartnoma va qo‘shimcha kelishuv loyihalari belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqildi. Hududiy komplayens inspektorlari tomonidan esa 1089 ta shartnoma o‘z vaqtida o‘rganib chiqildi.

Xaridlar jarayoni nazoratini amalga oshirish davomida yanvar–aprel oylarida 23 ta holatda jami 26,3 mlrd so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlanib,  ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, jamiyatning xarid shartnomalarini tuzish hamda mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyati bo‘yicha jami 72 ta chet el va mahalliy korxonalarning sanksiyaviy ro‘yxatlarda mavjudligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta tashkilot bo‘yicha salbiy xulosa berilib, jamiyatning 35,0 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilindi.

Manfaatlar to‘qnashuvi yo‘nalishida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 43 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati (qarindoshlik aloqalari bilan bog‘liq holatlar) aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Jamiyat  tizimida jami 60 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlandi. Shundan 11 tasi yuqori, 12 tasi o‘rta va 37 tasi past darajali xavf-xatar sifatida tasniflandi. Aniqlangan xavf-xatarlarning darajasini kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Prezident Administratsiyasining komplayens xizmati tomonidan komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va ustuvor vazifalar komplayens tuzilmalari rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda muhokama qilib borilmoqda. Xususan, 19 may kuni o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda Korrupsiyaning oldini olish klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vazifa va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash,  ichki nazorat tuzilmalarining  tashabbuskorligini oshirish, aniq natija, muqarrar javobgarlik va tezkor harakatlarni taʼminlash masalalariga alaohida eʼtibor qaratildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli, izchil va belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar