Virtual qabulxona

Korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Asosiy yangiliklar 1 555 marta körilgan

“O‘zkimyosanoat” AJ tizim tashkilotlari “Navoiyazot” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ hamda “O‘zkimyoimpeks” MCHJlar auditdan o‘tkazilib, ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Jami 61 nafar xodim ISO 37001:2016 sertifikati bo‘yicha o‘qitilib, malaka sertifikatiga ega bo‘ldi.

15 nafar korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozim va funksiyalarda ishlayotgan hodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkillashtirilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirish kursida hamda 46 nafari tashkilotda tashkillashtirilgan maxsus o‘quv dasturi doirasida o‘qitildi.Ishga yangi qabul qilingan 52 nafar xodimning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

“O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining jami 8454 nafar boshqaruv xodimlaridan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar olinib, jami 61 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi aniqlandi va bartaraf etildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 19,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi qayd etilib, aniqlangan zararning 11,3 mlrd so‘mi undirilishi taʼminlandi.

O‘tkazilgan 57 ta nazorat tadbirlari natijasida 6 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib:

  • 23 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi;
  • 57 nafar xodim egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi;

-180 nafar masʼul xodimlarga nisbatan turli intizomiy jazolar qo‘llanildi.

Korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni taʼminlash yuzasidan:

- Mahsulotlarni sotish jarayoni avtomatlashtirildi;

-Tayyor mahsulotlarni sotish va omborhonalarga joylashtirishda qoplarni markirovka qilish jarayoni yo‘lga qo‘yildi;

  • Omborxonalardagi elektron tarozilarni markazlashgan tartibda nazorati yo‘lga qo‘yildi;
  • Inson omilini kamaytirish maqsadida ijara omborlari to‘liq videokameralar bilan jihozlandi.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samaradorligini reyting baholash natijalari bo‘yicha vazirlik va idoralar ichida 89 ball bilan 4-o‘rinni egalladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar