Korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarning huquqlari va xavfsizligi qanday kafolatlanadi?
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslar va ularning yaqin qarindoşlari davlat himoyasida böladi.
Ularning şaxsiga doir maʼlumotlar xizmat sirini taşkil etadi va faqat qonunda belgilangan tartibda oşkor qilinişi mumkin.
Uşbu şaxslarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga tahdid mavjud bölganda, vakolatli organlar ularni himoya qiliş çoralarini köradi.
Şuningdek, ularning mehnat huquqlarini buziş va xabar berganligi uçun taʼqib qilişga yöl qöyilmaydi hamda bu qonunga köra javobgarlikka sabab böladi.
Yangi qonunga köra, iş joyidagi korrupsiyaga oid jinoyat haqida asosli ravişda xabar bergan davlat organi xodimiga nisbatan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligini oldindan xabardor etmagan holda ikki yil davomida intizomiy jazo çoralarini qöllaş mumkin emas.