Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs haqidagi maʼlumotlar elektron reyestrga qachon kiritiladi?
Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi (ajrim) qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida elektron reyestrga shaxs haqidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan qanday cheklovlar belgilanadi?
- davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
- saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzosi bo‘lish;
- o‘zi taʼsis etgan va (yoki) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar elektron reyestri qaysi idora tomonidan yuritiladi?
Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi.