Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi jurnalistik surishtiruvga oid tanlovga hujjatlar qabuli davom etmoqda

Asosiy yangiliklar 602 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: surishtiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha loyihalari qabul qilinadi:

1. “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilish va muqobil baholash tizimini yo‘lga qo‘yish”

  • BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan muqobil hisobotni tayyorlash (4 ta modda bo‘yicha) va o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilish;
  • Monitoring natijalari yuzasidan taqdimot va muhokama tadbirini tashkil etish.

2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish”

  • Korrupsiyaga oid surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
  • Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha amaliy qo‘llanma va namunaviy materiallar to‘plamini tayyorlash;
  • Metodologiya taqdimoti va muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq tadbirni tashkil etish.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 100 000 000 so‘mgacha.
Hujjatlar 2026-yilning 19-avgustga qadar qabul qilinadi.
Tanlov shartlari haqida batafsil ma'lumot bu yerda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar