Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga oid qaror loyihasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli Qarorining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Koruupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idorlar bilan muhokama qilindi.

Qaror loyihasi bilan:
- korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari va funksiyalari;
- korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
- Bo‘linma rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibi;
- Bo‘linma xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari;
- Bo‘linma xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Qaror loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar asosida takomillashtirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati