Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjat davlat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatini tizimli tashkil etish va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Nizomga muvofiq, ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari har uch yilda bir marotaba Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda —  test sinovi va suhbat shaklida tashkil etiladi.

Test sinovi 25 ta savoldan iborat, suhbat jarayonida esa xodimlarning:

– korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari;

– korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish;

– manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish;

– murojaatlar bilan ishlash;

– xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorgarligi baholanadi.

Talabgor maksimal 100 ball to‘plashi mumkin bo‘lib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tish uchun kamida 56 ball olish talab etiladi.

Attestatsiya jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida test va suhbatlar real vaqt rejimida kuzatiladi, jarayon videoyozuvga olinadi, natijalar darhol e’lon qilinadi.

Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga uch yil muddatga amal qiluvchi guvohnoma beriladi.

Nizomga ko‘ra, ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari har yili korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Malaka oshirish jarayonlari Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining ushbu kurslarda muntazam qatnashishini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilangan.

Ichki nazorat bo‘linmalariga birinchi marta tayinlangan xodimlar majburiy tartibda stajirovkadan o‘tadi.

Bunda:

- markaziy apparat xodimlari – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida;

- hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari — tegishli davlat organlari markaziy apparatlaridagi ichki nazorat bo‘linmalarida stajirovka o‘taydi.

Stajirovka muddati ikki hafta etib belgilangan bo‘lib, undan ozod etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Stajirovka davomida xodimlarga:

– korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash;

– manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish;

– ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari;

– korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish;

– huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi.

Yakunda stajyor hisobot topshiradi hamda suhbat asosida uning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari baholanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar