Virtual qabulxona

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amallga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Asosiy yangiliklar 506 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo'yicha amalga oshiralayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kombinatda raqamli platformalar orqali tizim faoliyati real vaqt rejimida nazorat qilinmoqda, yigirma mingdan ziyod uskuna yagona axborot tizimiga ulangan holda inson omili va suiisteʼmolliklarni kamaytirishga, “Aqlli” kameralar va sunʼiy intellekt yordamida esa resurslarning asossiz sarflanishi avtomatik tarzda aniqlashga, “Raqamli kon” tizimida qazish ishlarining hajm va yoʻnalishlarini aniq belgilash orqali hisobotlardagi qoʻshib yozishlar va suiisteʼmolliklar, yoqilgʻi-moylash materiallari va ehtiyot qismlarining talon-toroj qilinishi oldi olinmoqda.

Ma’sullarga sohada zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻzlashtirgan mutaxassislar tayyorlash, ularni halollik va korrupsiyaga murosasizlik tamoyillari asosida oʻqitish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar