Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Adolat” SDP hamkorlikda amalga oshiradigan ustuvor vazifalar belgilandi

Asosiy yangiliklar 1 581 marta körilgan

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishidagi maʼruzasida belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” SDP quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi:

➖ jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

➖korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish;

➖ korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashish;

➖hududlarda va sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni partiyaning parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi asosida qonun loyihalariga aylantirish;

➖taʼlim muassasalarida, mahallalar va mehnat jamoalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

➖joriy yilning aprel oyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish.

— Yaqinda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bu illatga qarshi kurashishda barchaning imkoniyatlarini birlashtirish eng ko‘p takrorlangan va alohida urg‘u berilgan masala bo‘ldi, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov. — Shunday ekan, 21 nafar fraksiya aʼzosi, joylarda 800 nafardan ortiq deputatlari hamda 1 milliondan ortiq elektoratiga ega siyosiy kuch bilan imkoniyatlarimizni birlashtirishimiz o‘z samarasini albatta beradi.

Marosim yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar