Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bojxonachilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 1 519 marta körilgan

Joriy yilning 3-dekabr kuni Bojxona qo‘mitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Bojxona institutida noanʼnaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mitaning Agentlik bilan samarali hamkorligi natijasida hozirga qadar 3 ming nafarga yaqin bojxona xodimi komplayens-nazorat tizimi yo‘nalishida o‘qitildi.

Bojxona organlariga ishga qabul qilishning shaffof tizimi joriy qilindi.

Korrupsiyaning oldini olish maqsadida so‘nggi ikki yilda bojxona organlari faoliyatiga 23 ta yangi axborot tizimlari, 14 ta yangi elektron xizmat va 9 ta yangi mobil ilova joriy etildi.

Yangi tashkil etilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi orqali deklaratsiyalash 100 % masofaviy tarzga o‘tkazilib, tovarlarning logistika zanjiridagi harakati to‘liq nazoratga olindi.

Sohaga tatbiq etilgan “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish” dasturi orqali manfaatlar to‘nashuvini aniqlash mexanizmlari avtomatlashtirilishiga erishildi.

Ochiq muloqot doirasida kursantlar tomonidan korrupsiya illatining salbiy oqibatlarini ochib beruvchi sahna ko‘rinishlari namoyishi hamda tasviriy sanʼat ishlari ko‘rgazmasi taqdimot qilindi.

Maʼlumot o‘rnida: Bojxona qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan eʼlon qilinib kelinayotgan

Ochiqlik indeksi, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

Shuningdek, “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida ham eʼtirof etilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar