Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari samaradorligini oshirish yuzasidan seminar o'tkazildi

Asosiy yangiliklar 749 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati (AJ) hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Jamiyatning Qashqadaryo viloyatidagi korxonalari xodimlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda asosiy eʼtibor Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar, shuningdek, "Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori ijrosini samarali taʼminlash masalalariga qaratildi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini taʼminlash va faoliyat samaradorligini oshirish, korrupsiyaviy jinoyatlarni kelib chiqish sabablari hamda oldini olishga qaratilgan choralar, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyati yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, seminar doirasida Jamiyatning moliyaviy va komplayens nazorati bo‘yicha yarim yillik hisoboti sarhisob qilinib, hududiy korxonalarda nazoratni takomillashtirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar