Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash bo‘yicha dastlabki natijalar ko‘rib chiqilmoqda
Davlat rahbarining 2022-yildagi PQ-81-son qaroriga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yil yakunlariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samaradorligini reyting baholash bo‘yicha shakllantirilgan dastlabki natijalar Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhiga taqdim qilindi.

Maʼlumot uchun: Ekspertlar guruhi reyting baholash ishlarining xolisligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida 9 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi. Guruhning kamida 3 nafar aʼzosi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tanlab olinadi.

Reyting baholash natijalari xolisligini taʼminlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan maʼlumotlar Ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bugun Agentlik vakillari hamda ekspertlar guruhi aʼzolarining uchrashuvi tashkil etilib, mazkur jarayon bilan bog‘liq muhim masalalarning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Baholash bosqichlari va yakuniy natijalar Agentlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati