Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha kichik grantlar tanlovining g'oliblari aniqlandi

"Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar, qonun ijodkorligida ishtirok etish va korrupsiyaning gender jihatlari" mavzusida e'lon qilingan kichik grantlar tanlovining g'oliblari aniqlandi.

G'olib bo'lgan loyiha tashabbuslarini amalga oshirish uchun jami 853 mln so‘m miqdorida grant mablag‘i ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 105 ta milliy nodavlat notijorat tashkiloti, ta’lim muassasalari va jamoat birlashmalaridan ariza kelib tushdi.

Baholash komissiyasi tomonidan ular orasidan eng yaxshi loyiha takliflariga ega bo‘lgan quyidagi tashkilotlar g'olib deb topildi:

"NIHOL" tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash markazi
(Toshkent viloyati)

Loyiha: "Inklyuziv korrupsiyaga qarshi ishtirok: Toshkent viloyatidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar va ayollarning to‘siqlari va ehtiyojlarini o‘rganish".

Maqsadi: Nogironligi bo‘lgan yoshlar va ayollarning inklyuziv korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalarini yaratishdagi ishtirokini ta’minlash uchun ularning to‘siqlari va ehtiyojlarini o‘rganish.

  UZBEKISTAN CREATIVE ASSOCIATION yuridik shaxslar birlashmasi
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Loyiha: "Ayollar biznesida korrupsiyaga qarshi immunitet: Nukus tajribasi".

Maqsadi: Nukusda ayol tadbirkorlar uchun to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy savodxonlikni oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbuslarini ilgari surish.

      "Yosh ijodkorlar kengashi" nodavlat notijorat tashkiloti
(Toshkent shahri)

Loyiha: "WikiAntiCorruption".

Maqsadi: Vikipediyaga o‘zbek tilidagi sifatli maqolalar qo‘shish orqali ochiq ma’lumotlarni kengaytirish va shu yo‘l bilan korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini rivojlantirish hamda aholi xabardorligini oshirish.

   O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Izboskan tumani hududiy bo‘linmasi
(Andijon viloyati)

Loyiha: "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun korrupsiyaga qarshi kurashda inklyuzivlikni ta’minlash orqali huquqiy savodxonlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish".

Maqsadi: Izboskan tumanidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish, ularga davlat xizmatlaridan shaffof foydalanish imkoniyatini ta’minlash va davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

"Noila" ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy targ‘ibot va monitoring markazi
(Navoiy viloyati)

Loyiha: "Aholining zaif qatlamlari imkoniyatlaridan korrupsiyaga qarshi kurashda samarali foydalanish - jamoatchilik nazoratini takomillashtirishdagi muhim vazifa".

Maqsadi: Navoiy shahri va Karmana tumanida nogironligi bor shaxslar va zaif guruhlarning jamiyatdagi ishtiroki hamda islohotlardagi rolini korrupsiyaga qarshi kurashga faol jalb etish orqali kuchaytirish.

   "So‘g‘diyona" nodavlat notijorat tashkiloti Yoshlar va ayollar markazi
(Navoiy viloyati)

Loyiha: "Ayollar korrupsiyaga qarshi: bilim - kuch!"

Maqsadi: Navoiy viloyatida ayollar va qizlar orasida huquqiy savodxonlik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bilimlarini oshirish.

"Ilm hunar saodat" oila va jamiyatda ayollar mavqeini mustahkamlash markazi
(Buxoro viloyati)

Loyiha: "Onalar - korrupsiyasiz kelajak asoschilari".

Maqsadi: Jondor tumanidagi maktab o‘quvchilarining onalarida korrupsiyaga qarshi tarbiyaning muhimligini anglashni shakllantirish hamda bolalarda halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kabi barqaror qadriyatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish.

  O‘zbekiston karlar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi
(Buxoro viloyati)

Loyiha: "Davlat xizmatlarida inklyuzivlik - korrupsiya xavfini kamaytiruvchi omil".

Maqsadi: Davlat xizmatlaridan foydalanishda maishiy korrupsiya xavfini kamaytirish uchun eshitish va nutq nuqsoni bor shaxslarga surdo tarjima xizmatlarini joriy etish.

   O‘zbekiston ayollar assotsiatsiyasi
(Samarqand viloyati)

Loyiha: "Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurash tashabbuslarini amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish va ularning jamoatchilik nazorati masalalarida ishtirokini kengaytirish".

Maqsadi: Samarqand viloyati yoshlarini korrupsiyaga qarshi kurashga jalb etish va ularning jamoatchilik nazoratida ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Tomdi tumanidagi "Qaqnus" yoshlar va ayollar markazi
(Navoiy viloyati)

Loyiha: "Korrupsiyasiz jamiyatga birgalikda erishamiz".

Maqsadi:Tomdi tumanida ayollar va yoshlarga ta’sir etuvchi korrupsiya holatlari aniqlanib, kuzatib borilishi, ko‘ngillilar guruhi tashkil etilishi hamda zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn aloqa tizimini rivojlantirish.

"Ijtimoiy himoya" jamiyati
(Qashqadaryo viloyati)

Loyiha: "Adolat sari teng qadam"

Maqsadi: Zaif guruhlarning huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik faolligini kuchaytirish, davlat xizmatlaridan teng foydalanishini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb etish orqali jamoatchilik nazoratidagi ishtirokini kengaytirish.

   "Azim Tafakkur" NNT
(Farg‘ona viloyati)

Loyiha: "Adolat ovozi: Ehtiyojmandlar ovozi orqali korrupsiyaga qarshi harakat".

Maqsadi: Qo‘qon shahridagi yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan aholi ishtirokidagi haqiqiy korrupsiya holatlari haqidagi hikoyalar ularning ovozini jamiyat va hokimiyatga yetkazishga, hushyorlikni oshirishga va fuqarolik faolligini rag‘batlantirishga yordam beradi.

  "UMID" respublika jamoat birlashmasi
(Toshkent viloyati)

Loyiha: "Biz korrupsiyaga qarshimiz".

Maqsadi: Toshkent viloyati aholisining, ayniqsa ayollar, nogironligi bor shaxslar va keksalarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda korrupsiya holatlari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish.

Eslatib o'tamiz, mazkur loyihalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TD bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar