Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashishda “Adolat” partiyasi vakillari faol ishtirok etadi

Asosiy yangiliklar 1 599 marta körilgan

Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida korrupsiya illatiga qarshi kurashishda barchaning imkoniyatlarini birlashtirish, jamoatchilik, ayniqsa, siyosiy partiyalar imkoniyatlaridan foydalanish zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Yig‘ilishda belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni faol safarbar qilish maqsadida 11-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Adolat” sotsial demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasidagi amaliy harakatlarning debochasi sifatida bugun partiya aʼzolari, shuningdek, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Agentlik va Partiya vakillari, soha mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens-nazorat tizimining ahamiyati, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarador mexanizmlar, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarida atroflicha maʼlumot berildi.

Seminar davomida joriy yil aprelida Partiya tashabbusi bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni puxta va sifatli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur oylik doirasida har bir tashkilot, taʼlim muassasasi, mahallaga kirib borish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni oshirish, korrupsiyaning oldini olish, unga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash borasida aholining takliflarini o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.

Seminarda ushbu jarayonlarni har tomonlama puxta va sifatli tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar ham belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar