Virtual qabulxona

"Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Asosiy yangiliklar 2 532 marta körilgan

Joriy yilning 21-aprel kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib belgilandi:

➖korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

➖davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

➖davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlarni amalga oshirish;

➖mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi;

Tuzilmaning barcha darajadagi rahbar va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.

Qaror bilan Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi.

Unga ko'ra:

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo'lsa, 1 nafar masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma;

➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma faoilyat yuritadi.

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 4 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda1 nafardan masʼul xodim faoliyat yuritadi.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin.

Agar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmasida umumiy shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa, ushbu hududiy tuzilmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi tarkibiy tashkilotning shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa hamda tarkibiy tashkilotning o‘zida hududiy yoki tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmasa, ushbu tarkibiy tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining Markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar tizimdagi tarkibiy tashkilotning umumiy shtatlar soni 400 va undan ortiq bo‘lsa, yuqoridagilarga asosan minimal mezonlar tadbiq etiladi.

2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida:

▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi , Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o'tkaziladi;

Ular bevosita Agentlikka bo‘ysunadi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi;

Mazkur bo'linmalar rahbarligiga Agentlik xodimlari tayinlanadi va ularga Agentlikning bo‘lim boshlig‘iga belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari qo‘llaniladi.

Agentlik huquqiy eksperimentning amalga oshirilishi haqida har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib boradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

  • markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalariga ilk marta lavozimga tayinlangan rahbar xodimlar – Agentlikda;
  • hududiy va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari – markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarida ikki haftalik stajirovka o‘taydi.

Agentlik:

  • bo‘linmalar rahbar va xodimlarining har yili qisqa muddatli malaka oshirish kurslari hamda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • bo‘linmalar rahbar va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini, ular faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda xodimlarning kasbiy standartlarini tasdiqlaydi.

Joriy yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagilar amalga oshirilishi ko'zlangan:

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari rahbar va xodimlari elektron reyestrini yaratish;

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish;

▫️anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirish.Joriy yilning 21 aprel kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-147-sonli Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorda 2025 yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalarni samaraliamalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifa va maqsadlar belgilandi.

Jumladan, unga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan hollarda korxona rahbariga) bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi.

Davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari va tarkibiy tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi hamdafaoliyati ular tomonidan muvofiqlashtiriladi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Agentlikning taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.

Qaror bilan Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarning marakaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo‘lsa, 1 nafar masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo‘lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma;

➖400 va undan ortiq bo‘lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma faoilyat yuritadi.

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan davlat tashkilotlarning marakaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo‘lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo‘lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖400 va undan ortiq bo‘lsa, markaziy apparatda 4 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda1 nafardan masʼul xodim faoliyat yuritadi.

Maʼlumot o‘rnida: Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin. Bunda belgilangan masʼul xodimlar shtat birliklari soni 7 va undan ortiq bo‘lgan hollarda boshqarma, 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda bo‘lim tashkil etiladi.

2027 yil 1 yanvargacha Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” hamda “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning (eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbari lavozimiga Agentlik xodimlari tayinlanadi. Mazkur nazorat bo‘linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo‘ysunadi. Ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.

Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Ilk marta lavozimga tayinlangan davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining rahbarlari va xodimlari – Agentlikda;

hududiy bo‘linma va tarkibiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari – davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarida ikki haftalik stajirovka o‘taydi.

Agentlik tomonidan ular uchun har yili qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini hamda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi.

2025-yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish, anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalari bo‘yicha har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashiga axborot kiritiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar