Korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan loyihalar uçun 460 mln sömgaça mablağ ajratiladi
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega yönalişlarda davlat grantlari tanlovlari eʼlon qilindi.
Tanlovlar doirasida korrupsiyaning oldini oliş, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, taʼlim va soğliqni saqlaş sohalarida jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaş nazarda tutilgan.
Xususan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida quyidagi grant tanlovlari taşkil etilmoqda:
Respublika miqyosida:
– Taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalarida xizmatlar sifati, oçiqligi va aholi uçun qulayligini oşirişga qaratilgan jamoatçilik nazorati taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş.
Grant miqdori – 200 mln sömgaça.
Hududiy bölinmalar tomonidan:
– Andijon viloyati: “Mahallada antikorrupsion taʼlim” loyihasini amalga oşiriş.
Grant miqdori – 100 mln sömgaça.
– Sirdaryo viloyati: “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kuşandasidir” şiori ostida tarğibot işlarini olib boriş.
Grant miqdori – 160 mln sömgaça.
– Toşkent viloyati: Nurafşon şahrida korrupsiyaviy holatlarni aniqlaş böyiça Navoiy tajribasini tatbiq etiş.
Grant miqdori – 100 mln sömgaça.
Tanlovlarda nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda ommaviy axborot vositalari iştirok etişlari mumkin.
Arizalarni qabul qiliş muddati: 2026-yil 22-noyabr soat 23:59 ga qadar.
Tanlov şartlari va ariza topşiriş tartibi haqida batafsil ma’lumot uçun: ngo.gov.uz