Virtual qabulxona

Koson tumanidagi örganişlar tibbiyot va ta'lim sohalarida davom ettirildi

Asosiy yangiliklar 717 marta körilgan

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori boşçiligidagi işçi guruh tomonidan Koson tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” loyihasi ijrosini örganiş işlari soğliqni saqlaş, maktabgaça va maktab ta’limi sohalarida davom ettirildi.

Bu galgi örganişlarda Agentlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Qaşqadaryo viloyati hududiy kengaşi a’zolari ham iştirok etdi.

Tuman tibbiyot birlaşmasi faoliyati misolida ötkazilgan örganişlar davomida tibbiyot muassasalarida dori vositalarining haqiqiyligini tekşiriş, ularni elektron hisobga olish hamda bemorlarga yetkazib beriş jarayonlarini raqamlaştiriş böyiça işlar olib borilayotgani ma’lum böldi.

Jumladan, DMED tizimiga yangi ombor modulini joriy etiş orqali dori vositalarining kirimi, çiqimi va harakatini töliq nazorat qiliş közda tutilgan. Şuningdek, tizimdan samarali foydalanişni ta’minlaş maqsadida tibbiyot muassasalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va 3D-skanerlar bilan jihozlaş işlari amalga oşirilmoqda.

Maktab ta’limi sohasida tumandagi 7-, 29-, 94- va 100-sonli umumta’lim maktablarida korrupsiyaga qarşi ta’limni rivojlantirişga qaratilgan GRACE dasturi joriy etilgan.

Maktabgaça ta’lim sohasida esa 48 ta maktabgaça ta’lim taşkilotining oşxona va maşğulot xonalariga ovozli kuzatuv kameralarini bosqiçma-bosqiç örnatiş işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, tumandagi maktablar va maktabgaça ta’lim taşkilotlarida yuzni tanib oliş (Face ID) tizimi joriy etilgan.

Şu bilan birga, örganişlar davomida “yöl xaritasi”da belgilangan ayrim vazifalar ijrosi yetarli darajada ta’minlanmagani aniqlandi.

Xususan, rahbarlik lavozimlarida beş yildan ortiq faoliyat yuritayotgan xodimlarni rotatsiya qiliş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy baholaş hamda davlat xizmatçilarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş böyiça işlar talab darajasida taşkil etilmagan.

Örganiş yakunlari böyiça mas’ullarga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, “yöl xaritasi” ijrosini samarali taʼminlaş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar