Mahallalarda korrupsiyaga qarşi xabardorlikni oşirişga qaratilgan tarğibot tadbirlari ötkazildi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida avgust-sentabr oylari mobaynida Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Navoiy, Samarqand, Namangan, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi mahallalarda korrupsiyaga qarşi xabardorlikni oşirişga qaratilgan tarğibot tadbirlari ötkazildi.

Maqsad — fuqarolarga öz haq-huquqlarini, davlat xizmatlaridan vositaçilarsiz foydalaniş imkoniyatlarini örgatiş orqali ularning korrupsiya hamda firibgarlikka duç keliş xavfini kamaytirişga kömaklaşişdan iborat.

Tarğibot tadbirlari uçta asosiy yönaliş — huquqiy, moliyaviy va raqamli savodxonlikni oşiriş böyiça olib borildi.

Tadbirlar Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oşirilayotgan "Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş" loyihasi doirasida taşkil etildi.


Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
Axborot xizmati