Virtual qabulxona

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini mazmun-mohiyati, normalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy yangiliklar 2 552 marta körilgan

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini mazmun-mohiyati, normalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Adliya vazirligi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni amaliyotda bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun Agentlikda tashkil etilgan tadbirda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, yuridik xizmat va kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari, shuningdek, Odob-axloq komissiyalarining 600 nafardan ziyod xodimlari uchun onlayn rejimda tematik o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda yuqorida keltirilgan Qonun kuchga kirguniga qadar unda qo‘yilgan talablar, belgilangan vazifalar hamda mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Qizg‘in munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Qonunni qo‘llash borasida muammoli masalalarga oid, shu jumladan, yaqin qarindoshlarning bir idorada mehnat qilishlari, davlat organlari va tashkilotlari nazoratida bo‘lgan yuridik shaxslarning faoliyati, manfaatlar to‘qnashuviga oid deklaratsiyani to‘ldirish, bu boradagi munosabatlarni nazorat qilishga oid 40 dan ziyod savollarga mutaxassislar asoslantirilgan javoblar berildi.

Tadbir davomida SMS shaklida berilgan 70 ga yaqin savollarga maxsus tashkil etilgan telegram guruhda javob berilishi, shuningdek, barcha savol-javoblar uslubiy qo‘llanma shaklida chop etilishi haqida ishtirokchilarga ma’lum qilindi.

Bu kabi tadbirlar muntazam o‘tkazib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar