Manfaatlar töqnaşuvi qanday bartaraf etiladi?
Holatning xususiyatidan kelib çiqib quyidagi çoralardan biri körilişi mumkin:
- xodimni manfaatlar töqnaşuvi mavjud bölmagan boşqa rahbar böysunuviga ötkaziş;
- xodimning kollegial organdagi iştirokidan özini özi rad etişi yoki uni majburan çetlaştiriş;
- lavozim majburiyatlari yoki xizmat vakolatlarini qayta körib çiqiş;
- muayyan axborot va hujjatlardan foydalanişni çeklaş;
- xodimning yakka tartibda qaror qabul qilişi ustidan kollegial nazorat örnatiş;
- şaxsiy manfaatdorlikni bartaraf etişni taklif qiliş;
- xodimning taşkilot manfaatlariga zid şaxsiy manfaatidan voz keçişi;
- boşqa çoralar bilan bartaraf etib bölmasa, xodimning roziligi bilan uni teng lavozimga ötkaziş;
- mehnat şartnomasini umumiy asoslarda bekor qiliş.
Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş çoralari, qoida tariqasida, xodimning roziligi bilan köriladi.
Manfaatlar töqnaşuvini tartibga solişda biror-bir şaxslar, guruhlar yoki taşkilotlarga afzallik, ustunlik berişga, xodimlar, şuningdek fuqarolarni kamsitişga yöl qöyilmaydi.