Virtual qabulxona

Namangan viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid “Yo‘l xarita” ijrosi o'rganildi

Asosiy yangiliklar 437 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura va xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasidagi dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xarita” ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, Respublika ishchi guruhi vakillari hamda hududiy mas’ul tashkilotlar ishtirokida viloyatda ichimlik suvi iste’moli uchun to‘lovlarni hisoblash va undirishni raqamlashtirish ahvoli, maktab va bog‘chalarda GRACE ta’lim dasturining joriy etilishi hamda “Halollik darslari” jarayoni ko‘zdan kechirildi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari ishtirokida viloyat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama davomida mas’ul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar