Virtual qabulxona

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Aksiyadorlik jamiyati ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

Asosiy yangiliklar 1 716 marta körilgan

Bugun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur sertifikat tashkilot faoliyati korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini bildiradi hamda barcha darajadagi boshqaruv apparatiga shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash yuzasidan katta masʼuliyat yuklaydi.

O‘tgan davr mobaynida tashkilot faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, xalqaro standartlar talabi bo‘yicha 17 ta ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi, kombinatning 947 ta funksiyalari baholashdan o‘tkazilib, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan vazifa va funksiyalardagi korrupsiya xavfi darajasini minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda, tashkilotda qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 283 ta kamchilik yoki nomuvofiqliklar qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi.

Natijada kombinat 95 ta davlat organlari va tashkilotlari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida 4-o‘rinni, “Ochiqlik indeksi”da esa 5-o‘rinni egalladi.

Agentlik bundan buyon ham barcha vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish va manzilli choralarni ko‘rishda tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildiraman.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar