Virtual qabulxona

Navoiy va Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlari o'tkazildi

Asosiy yangiliklar 872 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Yevropa Ittifoqi hamkorligida hududlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy kengashlar salohiyatini oshirishga qaratilgan ikki kunlik o‘quv dasturi davom etmoqda.

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bo'lib o'tgan treninglar ishtirokchilarning korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini qo‘llash, fuqarolar bilan samarali muloqot olib borish, OAV bilan ochiq hamkorlik hamda institutsional shaffoflik holatini baholash bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlashga yordam berdi.

Mazkur o‘quv dasturining ahamiyati va zarurati haqida loyihaning ekspertlari quyidagi fikr-mulohazalarni bildirdi:

Beruniy Alimov, xalqaro toifadagi mediatrener:

— Hozirgi sharoitda OAV davlat idoralari va aholi o‘rtasida “ochiq muloqot ko‘prigi”, korrupsiyaviy hodisalarni erta aniqlovchi indikator, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi sohaviy kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Bu jarayonda OAV va barcha darajadagi davlat organlarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish nihoyatda muhim. Ushbu treninglar ayni shu maqsadga xizmat qiladi.

Nozima Toshpo‘latova, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari:

— Korrupsiya — bu shunchaki qonunga xilof harakat emas, balki jamiyatdagi boshqaruv sifatining ko‘zgusidir. Agar fuqarolar axborotni erkin ololmasa, agar davlat idoralarining faoliyati shaffof bo‘lmasa yoki OAV savol berishdan qo‘rqsa — u holda har qanday islohot ham kutilgan samarani bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv dastur 26-dekabrga qadar barcha hududlar miqyosida o‘tkaziladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar