Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi

Korrupsiyaga qarshi qurashish agentligi 2024-yilning 6 oyi davomida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 186 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazdi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan 186 ta loyihaning 70 foizida (130 ta) 437 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazirlik va idoralarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Aniqlangan eng ko‘p korrupsiyaviy omillar:
- 83 ta normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi;
- 55 ta ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi;
- 39 ta noaniq va asossiz havolalarning qo‘llanilishi;
- 38 ta huquq va imtiyozlar beruvchi hamda ma’muriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov(auksion)dan bo‘yin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi;
- 35 ta diskretsion vakolatlarning kengligi.
Infografikada normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qanday o‘tkazilishi keltirilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati