Virtual qabulxona

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan qator davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlariga nisbatan choralar ko‘rildi

Asosiy yangiliklar 1 171 marta körilgan

Avval xabar berganimizdek, Agentlik tomonidan vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-choragidagi faoliyati mobaynida ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilish holati o‘rganilib, 23 ta davlat idorasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan edi.

Shunga ko‘ra, taqdimnomada ko‘rsatilgan har bir holat tegishli idoralarning sohaga mas’ul rahbar va xodimlari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan bir qator mas’ullarga quyidagi ta’sir choralar qo‘llanilishi ta’minlandi:

➖9 nafar mas’ul xodim qat’iy ogohlantirildi;

➖5 nafariga mehnat intizomini buzganligi uchun hayfsan e’lon qilindi;

➖1 nafariga nisbatan mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida jarima qo‘llanildi;

➖5 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda Agentlik tomonidan yana bir qator davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar