Ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlar uchun seminar o‘tkazildi
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 20 dan ortiq davlat idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini aniq va bir xilda ta‘minlash, shuningdek, davlat idoralarining ochiqlikka mas‘ul xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirib borish bo‘yicha Agentlik tomonidan muntazam amalga oshirib kelinayotgan tadbirlarning mantiqiy davomidir.

Seminarda Agentlikning masʼul xodimlari va xalqaro ekspertlar tomonidan ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha davlat organlariga yuklatilgan qonunchilik talablari, ochiq e‘lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma‘lumotlar, "Ochiqlik indeksi”da “qizil” toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi.


Indeks platformasining imkoniyatlari xususida ham alohida so‘z yuritilib, undan foydalanishda amaliyotda kuzatilayotgan asosiy kamchiliklar va ularni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Seminar ishtirokchilar uchun o‘z tashkilotlarida ochiqlik siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish va “Ochiqlik indeksi”dagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash imkonini berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati