Virtual qabulxona

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma‘ruza dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 1 239 marta körilgan

Bugun parlament quyi palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Milliy maʼruza dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha preventiv mexanizmlar yanada keng joriy etildi.

Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish qonun bilan tartibga solindi, davlat xizmatchilari uchun majburiy o‘quvlar tashkil qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 327 ta normativ-hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 233 tasida 676 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil aniqlandi va bartaraf etildi.

Shuningdek, davlat xaridlari, yer ajratish, taʼlim, qurilish, kredit va yo‘l harakati sohalarida raqamlashtirish tufayli korrupsiya holatlari kamaydi.

12 ta huquqiy hujjat

ishlab chiqildi, shundan 4 tasi qabul qilindi, 609 nafar ochiqlikka masʼul xodim “E-learning” platformasida malakasini oshirdi.

public.sud.uz orqali davlat organlari mansabdorlarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikka ochiq qilindi.

Yig‘ilishda qo‘mita aʼzolari tomonidan Milliy maʼruzani yanada takomillashtirishga oid takliflar bildirilib, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish maʼqul deb topildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar