Virtual qabulxona

Oliy taʼlim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Asosiy yangiliklar 2 258 marta körilgan

Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov rahbarligidagi Ishchi guruhi aʼzolari Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab olishda ko‘maklashish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

Ishchi guruh Urganch davlat universiteti va Urganch davlat pedagogika institutida bo‘lib, oliy taʼlim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, OTMlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.

OTM rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar