Virtual qabulxona

O‘zbekiston delegatsiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha Global Forumda ishtirok etmoqda

Asosiy yangiliklar 1 230 marta körilgan

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning moliyaviy ko‘magida Fransiyaning Parij shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha Global Forum (GASIF)da ishtirok etmoqda.

Global Forumning maqsadi – sohada faoliyat yurituvchi aksilkorrupsiya idoralari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro nodavlat tashkilotlar rahbariyati va vakillari hamda nufuzli ekspertlar oʻrtasida bilim va tajriba almashish, hamkorlik sohalari va ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmati hamda xususiy sektorda halollikni ta’minlash borasida xalqaro va milliy standartlarni o‘rganish va qonun ustuvorligini taʼminlash kabi mavzularda muhokamalar olib borish.

Agentlik direktori Forumning “Osiyo-Tinch okeani mintaqasida halollik siyosatini kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarni mustahkamlash” mavzusidagi sessiyasiga ma’ruzachi sifatida taklif etilgan.

Ma’lumot uchun: Agentlikga O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi 28-bandida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro moliya-tijorat bitimlarini amalga oshirishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiyasiga qo‘shilish masalasini o‘rganish vazifasi belgilangan.

O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga xizmat safari Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) nomidan GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) “Samaralidavlat boshqaruvi” dasturining moliyaviy ko‘magida amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar