Virtual qabulxona

O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro aksilkorrupsiya konferensiyasi doirasida muhim kelishuvlarga erishdi

Asosiy yangiliklar 1 489 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Litvaning Vilnyus shahrida Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan XXI xalqaro aksilkorrupsiya anjumanida ishtirok etdi.

Mazkur ishtirok BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro aksilkorrupsiya anjumani har ikki yilda tashkil etiladi. Ushbu anjuman(IACC)ga butun dunyodan davlat idoralari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar taklif etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish va innovatsion yangiliklarni ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

140 dan ortiq mamlakatdan masʼul shaxslar, faollar, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ishbilarmon doira vakillarini birlashtirgan bu yilgi konferensiya “Global tahdidlarga qarshi turish: halollikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda Litva Prezidenti Gitanas Nauseda, Transparency International xalqaro tashkiloti Kengash raisi Rueben Lifuka, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibi Matias Kormann, shuningdek, BMT, Yevropa Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Litva Respublikasi Maxsus tergov xizmati rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvi tashkil etilib, ikki davlat aksilkorrupsiya idoralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va doimiy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, konferensiya davomida Transparency International, Opendata Charter, Ochiq hukumat hamkorligi (OHH), BMT GJB kabi xalqaro tashkilotlar hamda Gruziya va Qozog‘iston aksilkorrupsiya idoralari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazilib, quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • BMT GJB bilan BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 2-bosqich obzorining yangi darajasiga o‘tish, ushbu jarayon uchun uslubiy platforma yaratish, unda nodavlat tashkilotlar rolini kuchaytirish, shuningdek, Toshkent aksilkorrupsiya forumining asosiy muhokamalarini ushbu masalaga qaratish;
  • Ochiq hukumat hamkorligi (OGP) xalqaro tashkiloti bilan O‘zbekistonning mazkur tuzulmaga aʼzo bo‘lishi va ochiqlikni taʼminlashda hamkorlik qilish;
  • Transparency International tashkiloti bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda tashkilotning bo‘linmasini tashkil etish istiqbollari bo‘yicha fikr almashish;
  • Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Mintaqaviy platforma doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish va platforma doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hajmini kengaytirish;
  • Litva Respublikasining Maxsus tegrov xizmati bilan preventiv choralar, aksilkorrupsiyaviy taʼlim, sohaga oid tadqiqotlar, biznes sektor uchun mentorlar tayyorlash amaliyoti yo‘nalishlarida hamkorlik o‘rnatish hamda idoralararo Memorandum imzolash.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar