Virtual qabulxona

Özbekiston IHT doirasida korrupsiyaga qarşi kuraşda xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş taşabbusini ilgari surdi

Asosiy yangiliklar 679 marta körilgan

Ozarbayjonning Boku şahrida bölib ötgan Islom Hamkorlik Taşkilotiga aʼzo-davlatlar aksilkorrupsiya idoralarining Ucinçi vazirlar kengaşida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan taşkil etilgan tadbirda IHT, BMT, Interpol kabi xalqaro tuzilmalar vakillari, 48 ta mamlakatning korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi vakolatli idoralari rahbarlari qatnaşdi.

Kengaş işida korrupsiyaga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, masʼul idoralar örtasida tezkor axborot almaşinuvini rivojlantiriş va Makkai Mukarrama konvensiyasi doirasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Özbekiston delegatsiyasi mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar va milliy tajribani taqdim etib, taşkilot doirasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan bir qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, Özbekistonning Raqamli komplayens tajribasi asosida IHT davlatlarining korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etiş va manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş böyiça yagona platformani işga tuşiriş, IHTga aʼzo-davlatlar masʼul xodimlarining Özbekiston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Virtual akademiyasida öqişini taşkil etiş taklif etildi.

Taşrif doirasida Agentlik direktori Akmal Burxonov Ozarbayjon, Qatar, Indoneziya hamda Saudiya Arabistoni vakolatli idoralari rahbarlari, IHT boş kotibi Ismoil Şeyx Ahmad, Aktivlarni qaytariş böyiça idoralararo tarmoği rahbari Fayz al-Baqami bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

Saudiya Arabistoni Nazorat va aksilkorrupsiya idorasi (NAZAHA) rahbari Mazin bin Ibrohim al-Qahmus bilan bölib ötgan uçraşuv yakunida ikki davlat vakolatli idoralari örtasida 2027-2028-yillarga möljallangan Hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi” imzolandi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar