Virtual qabulxona

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid media loyihalar amalga oshiriladi

Asosiy yangiliklar 2 466 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlar haqida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish hamda ushbu illatga kurashish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini kengaytishga oid qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Ayni maqsadlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Kuchli O‘zbekiston pok vijdon bilan boshlanadi” nomli kommunikatsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaning maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyani ijtimoiy xavfsiz darajaga kamaytirishga erishish.

Loyihani samarali amalga oshirish quyidagi kompleks yondashuvni qamrab oladi:

  • Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy oqibatlariga, halol va shaffof boshqaruv sharoitida mamlakatni rivojlantirish istiqbollariga eʼtibor qaratgan holda axborot kampaniyalarini ishlab chiqish;
  • Aholining turli guruhlari uchun korrupsiyaning zarari va uni bartaraf etish usullari haqida o‘quv dasturlari va materiallarni ishlab chiqish;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashda aholining o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, shuningdek, davlat organlari va hokimiyat organlari faoliyatini monitoring qilishda jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish;
  • Korrupsiya muammosini faol yoritib berish, holatlarni fosh etish va unga qarshi madaniyatni yuksaltirish maqsadida OAV bilan hamkorlikni kengaytirish.

Memorandum doirasida Tomonlar media vakillarining sohada kasbiy mahoratini oshirishga o‘zaro ko‘maklashadilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar