O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi doirasidagi Implementatsiya obzori guruhi sessiyasida ishtirok etdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi doirasidagi Implementatsiya obzori guruhining 15-birinchi qayta tiklangan sessiyasida ishtirok etdilar.

Avstriyaning Vena shahrida tashkil etilgan sessiyalar doirasida asosiy e’tibor Konvensiyaning II (Korrupsiyaning oldini olish choralari) va III (Jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati) boblariga qaratildi.
Ma’lumot tariqasida: O‘zbekistonning Konvensiya doirasidagi birinchi bosqich obzori 2013-2019-yillarda bo‘lib o‘rgan.
Shu bilan bir qatorda, 15-birinchi qayta tiklangan sessiya kun tartibiga quyidagi 2 masala kiritildi:
1) Implementatsiya obzori guruhi tomonidan Konvensiya amalga oshirilishi va mazkur jarayonni muvofiqlashtirishda ilg‘or amaliyotlar, qiyinchiliklar hamda texnik ko‘mak masalalari, shuningdek Konvensiyaning 2026-2030-yillarda birinchi bosqich obzori masalalari;
2) Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruh tomonidan BMT Konvensiyasi Konferensiyasi mandati va unga ko‘mak ko‘rsatish masalalari hamda korrupsiyaning oldini olishda ilg‘or amaliyotlar.

Mazkur sessiyadagi ishtirok doirasida tomonlar Konvensiya obzori masalalari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik, aktivlarni qaytarish, davlat xaridlari kabi qator masalalar bo’yicha tajriba almashadilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari U. Tuxtasheva o‘z nutqida O‘zbekistonning BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi normalariga sodiqligini ta’kidlab, sessiya ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi milliy siyosatning asosiy tendensiyalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, mamlakat BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini amalga oshirish obzorining ikkinchi bosqichidan o‘tayotgani va O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan davlat organlarining shaffofligi va hisobdorligini oshirish, davlat xizmatchilari va fuqarolik jamiyati vakillarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tizimli, kompleks va izchil yondashuvni amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.

Konferensiya ishtirokchilariga Prezident Sh.Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi yangi tashabbuslar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, 2023-yil noyabr oyida O'zbekistonda ishga tushirilgan BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi normalarini tezkor amalga oshirish bo'yicha mintaqaviy platforma, 2025-yil yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlaydigan Virtual korrupsiyaga qarshi akademiyasi va boshqa tashabbuslar haqida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari sessiyalar doirasida tashkil etilgan fuqarolik jamiyati institutlari uchun 12-brifingda ishtirok etib, o‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi davlat harakatlarini fuqarolik jamiyati bilan sinergiya qilish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, korrupsiyaga qarshi standartlar bilan tanishish bo‘yicha treninglar tashkil etish, korrupsiyaga qarshi vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish, nodavlat tashkilotlar bilan davlat organlari hamkorlik tarmog‘ini yaratish, Markaziy Osiyo mamlakatlari nodavlat tashkilotlari bilan mamlakatlararo tizim, nodavlat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida ixtisoslashgan fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish kabi masalalar yuzasidan ma’lumot va tashabbuslar ta’kidlab o‘tildi. Delegatsiya rahbari U.Tuxtasheva konferensiya ishtirokchilarining e’tiborini ushbu chora-tadbirlar bilan korrupsiyaga qarshi siyosatda ishtirok etishda jamiyat salohiyatini oshirishga kompleks va izchil yondashish tizimi yaratilayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan Konvensiyani parallel ravishda ko'rib chiqishni boshlash uchun asos yaratilayotgani bilan izohladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasi Konvensiya kotibiyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nodavlat tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va ushbu institutlarni Konvensiyani obzor qilishga jalb qilish masalalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish takliflarini ilgari surdi.

Shu bilan bir qatorda, sessiyalar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT GJB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Brijit Shtrobel-Shou bilan hamda GJB aksilkorrupsiya tarmog‘i vakillari Tim Stil, Konstantin Polikarskiy bilan uchrashdi.
Tim Stil bilan uchrashuvda BMT Konvensiyasi normalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha mintaqaviy platforma faoliyatini yanada faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash masalalari, shuningdek, biznes, ekologiya sohasidagi korrupsiyaning oldini olish, fuqarolik jamiyati institutlarini Konvensiyani ko‘rib chiqish sohasiga jalb qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Konstantin Pulikarskiy bilan korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi loyihasining konsepsiyasi va asosiy yo‘nalishlari, dasturiy hujjatni amalga oshirish monitoringining roli to‘g‘risida fikr almashildi.
Bridjit Strobel-Shou bilan uchrashuv davomida BMT GJB va O'zbekiston o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilinib, BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasini O‘zbekistonda tashkil etish tartibi to‘g‘risida ma’lumot almashinildi.
Delegatsiyaning sessiyalarda ishtirok etishi masalasi BMT GJB va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati