Virtual qabulxona

Oʻzbekistondagi aksilkorrupsiyaviy islohotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi

Asosiy yangiliklar 1 417 marta körilgan

Joriy yilning 11-15 dekabr kunlari AQSHning Atlanta shahrida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari 10-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha eng yirik global anjumanlardan biri bo‘lib, har ikki yilda bir marta tashkil etiladi. Mazkur tadbir Konvensiya ishtirokchi davlatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yaxshilash hamda tajriba almashish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Konferensiya doirasida tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning qiyosiy yondashuvlari” mavzusidagi sessiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov onlayn ishtirok etdi.

Xususan Agentlik direktori o‘z maʼruzasida:

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlikning roli, davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash bo‘yicha global tendensiyalar va chaqiriqlar, bu boradagi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan tashabbuslar, xususan, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati, "Ochiqlik indeksi"ning joriy etilishi, davlat idoralari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, taʼlim tizimining turli bosqichlarida onlayn translyatsiya qilish tizimini joriy etilganligi, shuningdek ushbu sohada belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ishtirokchilarga sohada xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish maqsadida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy platformasi ishga tushirilganligi, shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”ni tashkil etish ustida ish olib borilayotganligi haqida maʼlumot berilib, ushbu platformalar doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha taklif berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar