Virtual qabulxona

O'zbekistonlik yoshlar xalqaro aksilkorrupsiya tanlovi g'olibiga aylanishdi

Asosiy yangiliklar 1 056 marta körilgan

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengash hamkorligida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” xalqaro yoshlar ijtimoiy aksilkorrupsiya reklamalari tanlovida O‘zbekiston vakillari munosib natijalarga erishdi.

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” xalqaro yoshlar ijtimoiy aksilkorrupsiya reklamalari tanlovi korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning ijodiy salohiyatini birlashtirgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Tanlov "Eng yaxshi plakat", "Eng yaxshi rasm", "Eng yaxshi video" yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

40 ga yaqin davlatdan kelgan 31 000 dan ortiq ishlar kelib tushgan tanlov natijalariga ko'ra:

🥇 “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida - Konstantin Ten - I o‘rin (Toshkent sh.);

🥈 “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida - Abdullayev Shoxjahon - II o‘rin (Xorazm vil.),

🥈 “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasida - Mamatkarimova Mastura - II o‘rin (Andijon vil.) qo'lga kiritishdi.

Tanlov g‘oliblariga faxriy medallar va esdalik sovg‘alari Toshkent shahar, Andijon viloyat va Xorazm viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari a’zolari, hududiy hokimliklar mas'ullari, aksilkorrupsiya kovorking markazlari volontyorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar