Virtual qabulxona

O‘zbekistonning “Milliy halollik tizimini baholash” (NISA) bo‘yicha hisobot taqdimot qilinmoqda

Asosiy yangiliklar 1 028 marta körilgan

Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekistonning “Milliy halollik tizimini baholash” (NISA) bo‘yicha hisobot taqdimoti o‘tkazilmoqda.

Milliy halollik tizimi (NISA) metodologiyasi — Transparency International tomonidan mamlakat institutlarining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishdagi samaradorligi hamda barqarorligini baholash maqsadida ishlab chiqilgan yondashuvdir.

NISA mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun masʼul asosiy davlat boshqaruvi institutlari, shuningdek, korrupsiyani nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator sohalarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda ushbu metodologiya Transparency International Latviya/DELNA tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi hamda Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ)ning moliyaviy ko‘magida, shuningdek, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

NISA hisobotida O‘zbekistonning halollikni ta‘minlash va hisobdorlikni kuchaytirishga mas‘ul 15 ta ustuvor institut (pillars) — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, davlat xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy audit organi va Ombudsman, siyosiy partiyalar, saylov jarayonlari, OAV, fuqarolik jamiyati, biznes sektori keng qamrovli ravishda tahlil qilindi.

Hozir bo‘lib o‘tayotgan muloqotda har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha natija va xulosalar masʼul vazirlik va idoralarning vakillari ishtirokida muhokama qilinib, xalqaro ekspertlarning tavsiyalari bilan tanishilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar