“Özbekneftgaz” AJda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi
“Özbekneftgaz” AJda korrupsiyaning oldini oliş, uni keltirib çiqaruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş hamda xodimlarda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Unda jamiyat departament va bölim boşliqlari, boşqarma va zavodlar, tizim korxonalari rahbarlari hamda masʼul xodimlar iştirok etdi.

Yiğilişda davlat rahbari tomonidan korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, tizimda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijadorligi va içki nazorat mexanizmlarining samaradorligi muhokama qilindi.
Jumladan, içki nazorat tuzilmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan hujjatlar hamda qözğatilgan jinoyat işlari doirasida amalga oşirilişi lozim bölgan çoralarga alohida eʼtibor qaratildi. Mavjud holatlarni çuqur tahlil qiliş, monitoring va nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, har bir qoidabuzarlik uçun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlaş va rahbarlarning şaxsiy masʼuliyatini oşiriş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, har bir rahbar va xodim öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarişi, xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaatlar yölida foydalanişga yöl qöymasligi şartligi qayd etildi.

Jamiyatning barça tarkibiy bölinmalari va tizim korxonalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlardan ogohlikni oşiriş, qonunbuzarliklarning oldini oliş hamda ularga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş böyiça tizimli işlarni kuçaytiriş vazifasi belgilab olindi.

Yiğiliş yakunida tizimda qonuniylik, halollik va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaş, korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz muhitni şakllantiriş va har bir xodimning şaxsiy masʼuliyatini oşiriş ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi.