Virtual qabulxona

Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati o'rganildi

Asosiy yangiliklar 904 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Nukus filialida “GRACE” dasturi doirasidagi ishlar bilan tanishilib, korrupsiyaga qarshi targ‘ibotni kuchaytirish va Halollik to‘garaklari” doirasida amaliy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Nukus shahridagi 55-son maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish holati va bolalarda halollik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishish jarayonida “DMED” axborot tizimi joriy etilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Nukus shahridagi dehqon bozorida raqamlashtirishning amaliy natijalari o‘rganildi. Unga ko‘ra, joriy yil yanvar-avgust oylarida bozor tushumlari 13 094,1 mln so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 773,1 mln so‘mga yoki 40,5 foizga oshgan. Oylik o‘rtacha tushum esa 1 165,1 mln so‘mdan 1 636,8 mln so‘mga yetgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Ochiqlik indeksi" ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy nazorat shtabi” faoliyati Ishchi guruhga taqdimot qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish, ochiqlikni ta'minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar