Virtual qabulxona

Raqamli texnologiyalar vazirligida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori" funksiyalar

Asosiy yangiliklar 132 marta körilgan

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan e-anticor.uz (e-anticor.uz) elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida uning faoliyatidagi jami 68 ta ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 16 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 31 tasida “o‘rta”, 21 tasida “past” darajada.

Infografikada vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari aks etgan.

  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning davlat va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish;
  • O‘zbekiston hududida chet el ommaviy axborot vositalari teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, bu boradagi qoidalar va tartibni ishlab chiqib, tasdiqlash;
  • Telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • O‘zbekistonda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalash va qurish (o‘rnatish), olib kirish va ekspluatatsiya qilish talabnomalarini ko‘rib chiqish va ruxsat berish kabi funksiyalar shular jumlasidandir.

Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Öxşaş materiallar