Virtual qabulxona

Sharof Rashidov tumanida korrupsiyaning oldini olishga oid ishlar holati o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 886 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan o'rganish o'tkazdi.

Jumladan, tumandagi "Avtobozor" va "Uchtepa dehqon bozori" faoliyati misolida raqamlashtirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul ijrochilarga zarur tavsiyalar berildi.

Ayrim muammo va kamchiliklarning joyida hal etilishiga amaliy ko'maklashildi.

Rejadagi ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar tanqidiy muhokama qilinib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas'ul ijrochilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar