Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflik kuchaytiriladi
Bugun Soliq qoʻmitasi tizimida korrupsiya xavflarining oldini olish va unga qarshi kurashish, sohada ichki nazoratni kuchaytirish, komplayens tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash va xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha amaliy yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir doirasida soliq maʼmurchiligini yanada shaffof, qulay va samarali tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida Agentlik va Soliq qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda:
- Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashishning professional va samarali tizimini shakllantirish;
- korrupsiya omillarini barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish;
- raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini keng qo‘llash;
- - ochiqlik siyosatini izchil takomillashtirish;
- byudjet mablag‘larining talon-toroj qilish va mansabni suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan taʼsirchan nazoratni kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati