Virtual qabulxona

Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati o‘rganilmoqda

Asosiy yangiliklar 1 532 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor, Qiziriq va Sherobod tumanlarida korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Tibbiyot muassasalaridagi o‘rganishlarda pullik va bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, dori-darmonlar bilan taʼminlash, ishga qabul qilish, davlat xaridlari va moliyaviy xarajatlar bo‘yicha korrupsiyaga olib keluvchilar omillar aniqlandi.

Banklarning hududiy filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan ayrim xizmatlarda inson omili yuqori ekanligi va raqamlashtirish ishlarining sustligi maʼlum bo‘ldi.

Ochiq tanlovlar yetarlicha tashkil etilmagani va aholiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotlar o‘z vaqtida va to‘liq darajada yetkazilmayotgani bandlik bo‘limlari sustkashlik va masʼuliyatsizlik sifatida tanqid qilindi.

O‘rganishlar viloyatdagi taʼlim va tarbiya jarayonida ham shaffoflik, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, pedagoglarga munosib shart-sharoitlar yaratish va raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda yechimini kutayotgan masalalar borligini ko‘rsatdi.

Aniqlangan kamchiliklarni samarali hal etish bo‘yicha masʼullar bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ularning ijrosi Agentlik tomonidan qatʼiy nazoratga olinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar