Virtual qabulxona

Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda

Asosiy yangiliklar 974 marta körilgan

Shu kunlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruh Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganmoqda.

Ishchi guruh dastlab Jarqo‘rg‘on tumanida taʼlim, sog‘liqni saqlash va davlat xizmatlari sohalarida raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish hamda ochiqlikni taʼminlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va aholi duch kelayotgan boshqa muammo hamda to‘siqlarni samarali bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

“Korrupsiyadan xoli hudud — adolatli jamiyat garovi” mavzusida tashkil etilgan seminarda maishiy korrupsiyaning kelib chiqish sabablari hamda korrupsiya xavf-xatarlarining oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Sariosiyo, Uzun va Oltinsoy tumanlaridagi “Mahalla yettiligi” faoliyati, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va jinoyatchilikning oldini olish choralarini ham o‘rgandi.

O‘rganish mobaynida mahallalardagi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolarini ijobiy hal qilish masalalari mas'ullar bilan muhokama qilindi.

Shuningdek, bandlik, infratuzilma va ijtimoiy ko‘mak bo‘yicha qo‘shimcha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar