Virtual qabulxona

Suv xo‘jaligi vazirligining faoliyatiga oid korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi yuqori funksiyalar

Asosiy yangiliklar 978 marta körilgan

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz (e-anticor.uz) elektron platformasi orqali Suv xo‘jaligi vazirligining faoliyatiga oid jami 27 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 8 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 8 tasida “o‘rta”, 11 tasida “past” darajada.

Jumladan:

  • suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
  • respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
  • tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlash kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Infografikada bu haqdagi ma'lumotlar batafsil aks etgan.

Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar