Virtual qabulxona

Suv xo‘jaligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va sohani raqamlashtirish natijalariga oid ayrim fakt va raqamlar

Asosiy yangiliklar 809 marta körilgan

Huquqiy eksperiment doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan Suv xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sohani raqamlashtirish natijalariga oid ayrim fakt va raqamlar:

  • tizimda 25 ta shtat birligidan iborat komplayens tuzilmalari tashkil etilib, ochiq tanlov asosida munosib nomzodlar bilan to‘ldirildi;
  • 388 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi;
  • 24 ta xizmat tekshiruvi natijasida 33 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 7 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yana 7 ta xizmat tekshiruvi materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, 8 nafar shaxsga nisbatan 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
  • 46 ta monitoring va nazorat tadbiri davomida 20 ta korrupsiyaviy omil bartaraf etildi hamda 44,4 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishining oldi olindi;

"Situatsion markaz" va "Masofaviy audit" axborot tizimlari joriy etilishi natijasida:

  • 10,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari maqsadsiz va asossiz sarflanishining oldi olindi;
  • 182,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi.
  • 177 ta fermer xo‘jaligi va klaster tomonidan noqonuniy olingan 52,5 mlrd so‘m subsidiya mablag‘i davlat byudjetiga qaytarildi;
  • "Raqamli suv xo‘jaligi" yagona platformasi, "Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi" hamda "Vaziyatlar markazi" ishga tushirildi;
  • suv isteʼmolchilari bilan shartnomalarni elektron rasmiylashtirish va suv limitlari bo‘yicha maʼlumotlarni ochiq taqdim etish yo‘lga qo‘yildi;
  • “suvkredit.uz”, “Tomchi-reestr” va “Agro-subsidiya” axborot tizimlari joriy etilib, kredit ajratish, pudratchilarni tanlash va subsidiya berish jarayonlarida shaffoflik taʼminlanib, korrupsiya xavflari kamaytirilmoqda.
  • 2025-yil yakunlari bo‘yicha vazirlik faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida “yaxshi” deb baholandi;

"Ochiqlik indeksi" da esa 97 ta davlat organi orasida 12-o‘rinni, vazirliklar o‘rtasida 3-o‘rinni egallab, "yashil" toifadan joy oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar