Virtual qabulxona

Taʼlim tizimida ilk bor ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikati qoʻlga kiritildi

Asosiy yangiliklar 2 471 marta körilgan

Toshkent davlat yuridik universiteti ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lgan O‘zbekistondagi ilk taʼlim muassasasiga aylandi.

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, TDYUU rahbariyati hamda sertifikatlashtirish organi xodimlari ishtirokida ushbu sertifikatni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: ISO 37001:2016 – bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. U korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi.

Mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish masalasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum va chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan edi.

O‘tgan davr mobaynida Agentlik tavsiyalari va metodik ko‘magi natijasida standart talablari bajarildi.

Bugungi kunda 50 dan ortiq vazirlik va idoralar qo‘lga kiritgan mazkur sertifikat universitetning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini bildiradi hamda barcha darajalardagi boshqaruv apparatiga shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash yuzasidan katta masʼuliyatni yuklaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar